06:00 / 03.08.2018
4 704

Qachon banklardan AQSh dollarini erkin sotib olamiz?

Qachon banklardan AQSh dollarini erkin sotib olamiz?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti direktori Bobur Abubakirov Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu masalaga ham oydinlik kiritdi.

“Avvalo, bir narsani inobatga olishimiz kerak, banklar ham xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, uning o‘z belgilangan ish vaqti bor, o‘sha vaqt ichida faoliyat yuritadi. Shunga qaramay, respublikamizda 1000 ga yaqin valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud bo‘lsa, shundan qariyb 300 ga yaqini ertalab soat 8:00 dan 22:00 gacha ishlamoqda.

Shuningdek, xalqaro aeroportlarda, mehmonxonalarda, ayrim savdo markazlarida kartalardan valyutani naqdlashtirib olish bo‘yicha bankomatlar ishlab turibdi. Kelgusida valyutani bank xodimlari ishtirokisiz ham almashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.

Albatta, tijorat banklaridan xorijiy valyuta, ya’ni AQSh dollarini erkin sotib olishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Hozir aniq bir vaqtini aytolmayman. Lekin ishlar boshlab yuborilgan, bu aholini ko‘p kuttirmaydi. Tez kunlarda bu bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Naqd xorijiy valyutani bozor kursida banklardan sotib olish yo‘lga qo‘yilganidan keyin 2,5 mlrd. dollarga yaqin valyuta mablag‘lari jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan. Demoqchimanki, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab oldingiday emas”, degan Abubakirov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qachon banklardan AQSh dollarini erkin sotib olamiz?