08:30 / 07.08.2018
5 268

Davlat idoralari tomonidan e’lon qilinishi shart bo‘lgan ochiq ma’lumotlar

Davlat idoralari tomonidan e’lon qilinishi shart bo‘lgan ochiq ma’lumotlar
Ochiq ma’lumotlar portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati ishlab chiqildi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining matbuot xizmati «Daryo»ga xabar bermoqda.

Ro‘yxat 2013—2020 yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining 7-sonli majlis bayoni 5-ilovasida keltirilgan.

Ro‘yxat bilan «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining veb-saytida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2015 yildagi 232-son «Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish chora­-tadbirlari to‘g‘risida» Qarorida Ochiq ma’lumotlar portalini shakllantirish belgilangan.

Foto: «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining matbuot xizmati
Qarorga asosan, mahalliy hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari o‘z rasmiy veb-saytlari va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadigan ma’lumotlarni vaqtida yangilanib borishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Davlat idoralari tomonidan e’lon qilinishi shart bo‘lgan ochiq ma’lumotlar