O‘zbekistonda uchta hujjatni joriy qilish taklif etilmoqda, bular: mamlakat ichidagi biometrik pasport, chetga chiqish uchun biometrik pasport va ID-karta. Bu haqda Spot O‘zbekiston pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror loyihasiga tayanib xabar bermoqda.
Hujjatda bir nechta asosiy tushunchalar qo‘llanilgan, ular orasida quyidagilar bor:
- O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti — o‘z egasining shaxsini O‘zbekiston hududida tasdiqlovchi hujjat. Shuningdek, u o‘zida elektron axborot tashuvchi (chip)ga ega bo‘lib, O‘zbekiston fuqaroligini ham tasdiqlaydi;
- chet elga chiqish uchun biometrik pasport O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini xorijga chiqish va O‘zbekiston Respublika hududiga kirish chog‘ida tasdiqlovchi hujjat;
- identifikatsion elektron karta (ID-karta) — o‘z egasining shaxsini mamlakat hududida tasdiqlovchi hujjat, u har fuqaroning yagona identifikatsiya raqamini, uning shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olib, davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Xorijga chiqish chog‘ida fuqarolarga chet elga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtiriladi. Xorijga chiqish uchun biometrik pasport chet elda bo‘lgan fuqarolarda ham bo‘lishi talab etiladi.
Chet elga chiqish uchun biometrik pasport fuqarolarga quyidagi amal qilish muddati bilan beriladi:
- Tug‘ilgan kunidan bir yilgacha — ikki yil muddatga;
- Bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yillik muddatga;
- 16 yoshdan kattalarga — 10 yil muddatga.
Chet elga chiqish uchun pasportni rasmiylashtirish uchun hujjatlar to‘plamini topshirish shart etib belgilanishi taklif etilmoqda, ular orasida — ID-karta bor.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi