15:48 / 09.08.2018
4 705

“Vikipediya”da O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘payadi

“Vikipediya”da O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘payadi
Hukumat qarori bilan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasi va uni amalga oshirishi bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida axborotlashgan jamiyatni jadal shakllantirish, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining veb-resurslarini fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes tuzilmalarning intellektual va axborot ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish nazarda tutilgan, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali.

“Yo‘l xaritasi”da tegishli yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan turli chora-tadbirlar belgilandi.

Xususan, “Vikipediya” internet-ensiklopediyasini O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to‘ldirish, uning o‘zbek tilidagi versiyasi mundarijasini boyitish, ijtimoiy tarmoqlarda “Virtual dunyoda O‘zbekiston muzeylari” loyihasini ishlab chiqish, yurtimizning global virtual makondagi turistik salohiyatini ta’minlashga qaratilgan “Visit Uzbekistan” (“Uzbekistan – your dreams”, “O‘zbekiston – orzuingizdagi mamlakat”, “Wonderful Uzbekistan”, “G‘aroyib O‘zbekiston”) kabi loyihalarni amalga oshirish vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.

Sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolarga masofadan tibbiy yordam ko‘rsatish va shifokorlarning, ayniqsa, qishloq joylarida faoliyat yuritishini ta’minlash uchun teletizimlarni joriy etish, onlayn-diagnostika faoliyatini yo‘lga qo‘yish singari chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Vikipediya”da O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘payadi