17:30 / 17.08.2018
5 347

Sirtqi ta’lim uchun test imtihonlari boshlandi

Sirtqi ta’lim uchun test imtihonlari boshlandi
2018 yil 17 avgust kunidan OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga test sinovlarining birinchi kuni boshlandi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov ma’lum qildi.

Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval 16 avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 52 ta binoga yetkazildi.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 da boshlandi.

Test sinovlarida 19 ta oliy ta’lim muassasalarining 13 ta ta’lim yo‘nalishida 25 ming 754 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 1 ming 797 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 19 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:30 da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirtqi ta’lim uchun test imtihonlari boshlandi