Yaponiyaning Maizuru va Takasaki shaharlari markaziy ko'chalarida O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish etuvchi reklama bilbordlari o'rnatiladi. KUN.UZ muxbiri Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma`lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Jahon turizm bozorida "O'zbekiston" milliy turistik brendini targ'ib qilish va xorijiy mamlakatlardan sayyohlar oqimini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi Yaponiyaning Maizuru (Kioto prefekturasi) va Takasaki (Gunma prefekturasi) shaharlari meriyalari bilan hamkorlikda nomlari qayd etilgan shaharlarning markaziy ko'chalarida O'zbekiston turistik salohiyatini namoyish etuvchi reklama bilbordlarini o'rnatish masalasini ishlab chiqdi.
Ta`kidlash joizki, Maizuru va Takasaki 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan Olimpiadada o'zbekistonlik sportchilarni "qabul qiluvchi shaharlar" hisoblanadi.
Kelishuvlarga ko'ra, mazkur bilbordlar Yaponiya shaharlarida ikki yillik muddatga, ya`ni 2018 yilning sentabridan 2020 yilning sentabrigacha o'rnatiladi.
O'zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari aks etgan bilbordlarda yapon tilidagi "Buyuk Ipak yo'lining yuragi hisoblangan O'zbekistonga sayohat qiling" yozuvi, milliy turistik logo va www.uzbekistan.travel sayti manzili tushirilgan bo'ladi. Bundan tashqari, reklama plakatlarida "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining to'g'ridan-to'g'ri Tokio-Toshkent yo'nalishidagi reyslariga oid ma`lumotlar aks etadi.
Bundan avval KUN.UZ'da Qozog'istonning markaziy shaharlarida O'zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi bannerlar o'rnatilgani haqida xabar berilgan edi. Ta`kidlash joizki, so'nggi vaqtlarda O'zbekistonga qiziqish bildirib, tashrif buyurayotgan qozog'istonliklar soni sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga qo'shni mamlakat teleko'rsatuvlari va onlayn-nashrlarida ham O'zbekistonning sayyohlik salohiyati faol yoritib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?