Prezident Administratsiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlandi

  • 28 avgust 2018, 18:26
  • 5 834
  • O‘zbekiston
  • Prezident Administratsiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlandi
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi munosabati bilan:

    Nizomiddinov Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijro etuvchi apparati rahbari lavozimidan ozod etildi.

    Sultanov Xayritdin Madriddinovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

    Ismailov Umar Sapayevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi – Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.

    Inoyatov Rustam Rasulevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

    Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiniig fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

    Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

    Kasimov Rustam Sabirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimlariga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimidan ozod etildi.

    Xaydarov Zilemxan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqaruvchisi lavozimidan ozod etildi.

    Magrupov Aziz Yuldashevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Mavlonov Bekzot Mardonovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Muxammadiyev Ulugbek Islomovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar masalalari buyicha davlat maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

    Paygamov Alisherbek Azizovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari oʻrinbosari – tashqi aloqalar masalalari xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.

    Allamjonov Komil Ismoilovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati rahbari oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Saidova Galina Karimovna Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ijro etuvchi apparati rahbari oʻrinbosari – ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etildi.

    Ganiyev Elyar Majidovich Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tizimli muammolarni tahlil qilish va Oʻzbekiston Respublikasining ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorligi ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.

    Rustambekov Nozimbek Mansurbekovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Olloyorov Mansurbek Polvonzoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati iqtisodiyot sohasida islohotlarni ekspert-huquqiy taʼminlash shoʻʼbasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.

    Usmanov Alisher Ataxanovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Daminov Askarali Davlatovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Saliyev Olim Adilovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha davlat maslahatchisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Prezident Administratsiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlandi