07:01 / 29.08.2018
5 229

Harbiy razvedkachilarimiz xalqaro musobaqada “eng chidamli jamoa” sifatida eʼtirof etildi (video)

Ҳарбий разведкачиларимиз халқаро мусобақада "энг чидамли жамоа" сифатида эътироф этилди (видео)
28 iyulidan 9 avgustiga qadar 2018 yilgi “Xalqaro armiya oʻyinlari” doirasida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk oliy harbiy qoʻmondonlik bilim yurti dala oʻquv maydonida “Qoʻshin razvedkasi aʼlochisi - 2018” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqaning qatnashchilari KUN.UZ tahririyati mehmoni boʻldi. Mehmonlarimiz musobaqada Oʻzbekiston razvedkachilarining murabbiyi Anzor Meyliyev va “Mard oʻgʻlon” mukofoti egasi Behzod Holyigitovlar boʻldi.

Musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozogʻiston, Armaniston, Oʻzbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning qoʻshin razvedkachilari jamoalari oʻzaro bellashishdi. Filippin va Hindiston vakillari esa kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

Ularning aytishicha, hakamlar tomonidan eng chidamli jamoa sifatida bizning harbiylar eʼtirof etilgan.

Avvalroq, 2017 yilning 10-17 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida boʻlib oʻtgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida Italiya jamoasi bilan birga faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan.

Oʻzbekiston harbiylari ushbu musobaqada umumiy hisobda 3-oʻrinni egallashdi. Jamoa musobaqaning 3-bosqichida mutloq natijani qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Harbiy razvedkachilarimiz xalqaro musobaqada “eng chidamli jamoa” sifatida eʼtirof etildi (video)