Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Davlat rahbarining samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻngan.
Aleksandr Lukashenkoni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib olgan.
Toshkentda 13 sentyabr kuni davlat rahbari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda boʻlib oʻtadi. Kutilishicha, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va Oʻzbekistonda talabgir boʻlgan texnika ishlab chiqarish boʻyicha yigʻish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qiladi.
Muzokaralarda sanoat, qishloq xoʻjaligi, gumanitar soha, turizmga oid qator yoʻnalishlardagi hamkorlikni mustahkamlashga eʼtibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishning samarali vositasi ekani haqida soʻz yuritiladi.
Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Davlat rahbarlari “Amkodor-Agrotexmash” Belarus-Oʻzbekiston korxonasi va Made in Belarus Belarus ishlab chiqaruvchilarining koʻrgazmasiga tashrif buyurishi ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi