23:43 / 12.09.2018
4 291

Oʻzbekiston savdo hajmini oshirish uchun Belarusga “yashil yoʻlak” tashkil etishni taklif qildi

Oʻzbekiston savdo hajmini oshirish uchun Belarusga “yashil yoʻlak” tashkil etishni taklif qildi
Oʻzbekiston meva-sabzavot va tekstil mahsulotlari savdosini soddalashtirish uchun Belarusga “yashil yoʻlak” tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Nodir Otajonov maʼlum qildi.

“Oʻzaro mahsulot yetkazib berish, birinchi navbatda meva-sabzavot va tekstil mahsulotlari uchun bojxona rasmiylashtiruvining «yashil yoʻlak” deb ataluvchi soddalashtirilgan mexanizmini taklif etamiz», – dedi Otajonov Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Belarus biznes-forumida.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston va Belarus investitsion hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish uchun foydalanilmayotgan ulkan salohiyatga ega. “Biz Oʻzbekistonda Belarus biznesi faoliyatining kengayishidan manfaatdormiz”, – deb taʼkidladi bosh vazir oʻrinbosari.

12 sentyabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga rasmiy tashrifini boshladi.

Belarus prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi. U ertaga Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda boʻlib oʻtadi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va Oʻzbekistonda talabgir boʻlgan texnika ishlab chiqarish boʻyicha yigʻish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston savdo hajmini oshirish uchun Belarusga “yashil yoʻlak” tashkil etishni taklif qildi