15:44 / 13.09.2018
4 367

Aleksandr Lukashenko: “33 million aholiga ega gigant mamlakatni toʻgʻri yoʻldan olib boryapsiz”

Aleksandr Lukashenko: “33 million aholiga ega gigant mamlakatni toʻgʻri yoʻldan olib boryapsiz”
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentyabr kuni Koʻksaroyda rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi.



Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko avval tor doirada muzokara oʻtkazdi.

Davlat rahbari oliy martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, Oʻzbekiston bilan Belarus samimiy doʻst va ishonchli sherik ekanini taʼkidladi.

– 2016 yil Samarqanddagi uchrashuvimizda davlatlararo munosabatlarni har tomonlama mustahkamlashga kelishib olgandik. Oʻtgan ikki yilda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik xalqlarimizni quvontiradigan darajaga yetdi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 2017 yil yakunlari boʻyicha 60 foizdan ziyod oʻsdi. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida esa qariyb 4 barobar oshdi. Bunday natijalar hech qachon boʻlmagan. Bu oʻzaro hamkorlik uchun ulkan salohiyat borligidan, odamlarimiz bir-birini sogʻinganidan dalolat beradi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini toʻldiradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Belarus Prezidenti taklif uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

– Sizning rahbarligingizda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor, – dedi Aleksandr Lukashenko. – Ham ichki, ham tashqi siyosatda oqilona oʻzgarishlar qildingiz. 33 million aholiga ega gigant mamlakatni toʻgʻri yoʻldan olib boryapsiz. Qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamladingiz. Ushbu muvaffaqiyatli siyosiy kurs bilan Sizni tabriklayman. Biz yaxshi bilgan va oʻzaro manfaatli boʻlgan barcha sohalarda hamkorlik qilishga, tajriba almashishga tayyormiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Aleksandr Lukashenko: “33 million aholiga ega gigant mamlakatni toʻgʻri yoʻldan olib boryapsiz”