17:11 / 13.09.2018
4 509

Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi (roʻyxat)

Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi (roʻyxat)
Koʻksaroyda oʻtgan muzokaralar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonotini imzoladilar.

Shuningdek, ikki mamlakat hukumat va vazirliklari oʻrtasida qator ikki tomonlama muhim hujjatlar imzolandi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Fanlar akademiyalari oʻrtasida ilmiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma;

Oʻzbekiston Respublikasi Davergeodezkadastr qoʻmitasi va Belarus Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi oʻrtasida idoralararo hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertizasi qoʻmitasi oʻrtasida idoralararo sud-tibbiy faoliyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Belarus Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasida idoralararo sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Belarus Respublikasi Madaniyat vazirligi oʻrtasida idoralararo madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Belarus Respublikasi Taʼlim vazirligi oʻrtasida idoralararo oliy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Belarus Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vazirligi oʻrtasida idoralararo qishloq xoʻjaligi sohasida iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi oʻrtasida hukumatlararo fan va texnologiyalar sohasida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Belarus Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida hukumatlararo bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida bitim hamda hukumatlararo oʻzaro savdoga koʻmaklashish tizimi toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati boʻyicha davlat qoʻmitasi va Belarus Respublikasi Davlat harbiy sanoat qoʻmitasi oʻrtasida davlatlararo harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi oʻrtasida hukumatlararo xalqaro avtomobil transporti qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2019-2020 yillarga moʻljallangan maslahatlashuvlar dasturi hamda hukumatlararo sanoat mulki obyektlarini muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari Nodir Otajonov hamda Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey hukumatlararo 2019-2023 yillarga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma va uni amalga oshirish boʻyicha dasturni imzoladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi (roʻyxat)