09:27 / 14.09.2018
4 365

Oʻzbekiston Ispaniya va Janubiy Koreyadan yangi tezyurar poyezdlar sotib olmoqchi

Oʻzbekiston Ispaniya va Janubiy Koreyadan yangi tezyurar poyezdlar sotib olmoqchi
Oʻzbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai va Ispaniyaning Talgo kompaniyalari bilan tezyurar poyezdlar sotib olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mahalliy va xorijlik sayyohlarga temir yoʻl transportida sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida Ispaniyaning TALGO va Koreyaning HYUNDAI kompaniyalari bilan yangi elektropoyezdlar xaridi borasida muzokaralar olib bormoqda», - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aksionerlik bazasida jami 240 oʻrinli 5ta vagonni taʼmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha ish olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, bu vagonlar 2018 yil sentyabr oyi oxiriga qadar “Sharq” poyezdlari uchun foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, chiptalarni turistik agentlar orqali buyurtma qilib, onlayn xarid qilish tizimini modernizatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston Ispaniya va Janubiy Koreyadan yangi tezyurar poyezdlar sotib olmoqchi