21:57 / 14.09.2018
4 335

Gallup: Oʻzbekiston dunyoning eng baxtli mamlakatlari qatorida

Gallup: Oʻzbekiston dunyoning eng baxtli mamlakatlari qatorida
Inson xatti-harakatlarining 70 foizi his-tuygʻularga asoslangan boʻlishini bilasizmi? Ishsizlik, YAIM koʻrsatkichlarini baholash sogʻlom jamiyatning baʼzi jihatlarini aniqlashga yordam bersa, mamlakat aholisining emotsional holatiga doir maʼlumotlar deyarli yoʻq. Gallup aholining ijobiy va salbiy his-tuygʻulariga koʻra, mamlakatlarning baxtlilik reytingini taqdim etdi.

Gallup Global Emotions reytingiga koʻra, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston aholisi dunyoning eng kam salbiy hissiyotlarni boshdan kechiruvchi, yaʼni eng baxtli mamlakatlari top-20 roʻyxatidan oʻrin oldi.

Salbiy hissiyotlarning kamligi boʻyicha birinchi oʻrinda Qirgʻiziston va Tayvan kelgan. Ikkinchi oʻrinda - Qozogʻiston, uchinchi - Estoniya, toʻrtinchi pogʻonada - Oʻzbekiston va Ozarboyjon.

Ulardan keyingi oʻrinlarda Rossiya, Polsha, Moʻgʻuliston, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Mavrikiya, Bolgariya va Belarus nomlari qayd etilgan.

Taʼkidlash joizki, tadqiqot jahonning 142 mamlakati aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Gallup: Oʻzbekiston dunyoning eng baxtli mamlakatlari qatorida