Oʻzbekiston inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi

  • O‘zbekiston
  • 15-09-2018, 23:50
  • 704
  • Ўзбекистон инсон тараққиёти юқори даражада ривожланган мамлакатлар қаторидан жой олди
    Norvegiya, Shveysariya, Avstraliya, Irlandiya va Germaniya inson taraqqiyoti eng yuqori darajada boʻlgan davlatlar deb topildi. Bu haqda BMTning Taraqqiyot dasturi boʻyicha maʼruzasida maʼlum qilindi.

    Reytingda inson taraqqiyoti eng yuqori darajada boʻlgan mamlakatlar guruhiga 59 mamlakat kiritildi. Ular orasida Rossiya (49-oʻrin), Belarus (53-oʻrin) va Qozogʻiston (58-oʻrin) ham bor.

    Oʻzbekiston 105-oʻrin bilan inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar guruhidan joy egalladi. Shuningdek, Ozarbayjon (80-oʻrin), Armaniston (83- oʻrin), Ukraina (88- oʻrin) va Turkmaniston (108-oʻrin) ham mazkur guruhga kiritildi.

    Moldova va Tojikiston esa inson taraqqiyoti oʻrtacha darajadagi davlatlar guruhiga kiritildi.

    Reytingning oxirgi oʻrinlarida Niger, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Chad va Burundi joylashgan.

    189 mamlakat oʻrin olgan reytingda AQSH 13, Rossiya 49-pogʻonada.

    Davlatlar reytingini belgilashda kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi, taʼlim olish davomiyligi va jon boshiga yalpi milliy daromad asosiy koʻrsatkichlar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, ijtimoiy muhofaza darajasi, aholi salomatligi va madaniy rivojlanishi, gender tengligi, jinoyatchilik, atrof-muhit muhofazasi, fuqarolarning qarorlar qabul qilinishidagi ishtiroki kabi koʻrsatkichlar ham hisobga olingan.

    » » Oʻzbekiston inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi
    Яндекс.Метрика