17:34 / 16.09.2018
4 658

5 yilda 278 ta namunaviy mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda

5 yilda 278 ta namunaviy mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda
2018−2020 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida 100 ta, 2021−2022 yillarda esa 178 ta namunaviy mehmonxona barpo etish taklif etilmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi namunaviy mehmonxona qurish tashabbusi bilan chiqdi. Osonlashtirilgan sxema boʻyicha qurilish uchun yer, shuningdek imtiyozli kreditlar berish orqali xususiy investorlarni loyihaga jalb etish taklif qilindi. Bu haqda Norma.uzʻga tayanib Gazeta.uz xabar berdi.

Chunonchi, 2018−2020 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida 100 ta, 2021−2022 yillarda esa 178 ta obyektni barpo etish taklif etilmoqda. Qurilish vazirligi ularning namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi. Xususan, 8−50 xonali Turkiya mehmonxonalari tajribasi inobatga olinadi. Namunaviy loyihalar loyiha-smeta hujjatlari va koʻrinishini oʻzgartirish imkoni berilgan holda investorlarga bepul taqdim etiladi.

Qurilish uchun yer elektron auksionsiz, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi rahbarligi ostidagi maxsus Respublika ishchi guruhining qarori asosida ajratiladi. Uchastkalar roʻyxatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi bilan birgalikda belgilaydilar.

Uchastka olish uchun investor Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga ariza berishining oʻzi kifoya. Unda quyidagilarni koʻrsatish talab etiladi:
  • ariza beruvchining F.I.O., pochta manzili va (yoki) yuridik shaxsning rekvizitlari;
  • qurilishi rejalashtirilayotgan kichik mehmonxonaning nomer fondi soni;
  • yer uchastkasining joylashgan joyi va oʻlchamlari (talab etilayotgan maydonni asoslagan holda);
  • qurilish ishlari boshlanadigan va yakunlanadigan taxminiy muddatlar;
  • investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun moʻljallanayotgan summa;
  • yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni.

Ariza 18 kun ichida koʻrib chiqiladi. Boshqa hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.

Loyihada mehmonxonalarni barpo etish boʻyicha quyidagi davlat-xususiy sheriklik shakllari nazarda tutilgan:
  • sohasini kamida 20 yil oʻzgartirmasligi, koʻrsatkichlarni 3 ta tilda (oʻzbek, rus, ingliz) oʻrnatishi, shuningdek tutash hududni obodonlashtirishi, sh. j. yashil zonalarni barpo etishi sharti bilan kichik mehmonxonalar qurish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga bepul berish;
  • kichik mehmonxonalar qurish uchun yer uchastkalari yoki kichik mehmonxona etib rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun binolarni konsessiya (shartnoma) asosida berish;
  • boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan faoliyat yuritmayotgan davlat mehmonxonalari binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” darajali xarid qiymatida realizatsiya qilish;
  • foydalanilmayotgan davlat binolarini xususiy sheriklarga ijara toʻlovining “nol” darajali stavkasida maqsadli foydalanish uchun berish;
  • xususiy sherikning mol-mulki bazasida tashkil etilgan kichik mehmonxonalarni moddiy-texnikaviy va moliyaviy taʼminlash.

Kichik mehmonxonalarni qurish sohasidagi davlat-xususiy sheriklik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.

Xususiy investorlarga davlat-xususiy sheriklik shakliga qarab quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
  • kichik mehmonxonalarni qurish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
  • tashkil etiladigan tashkilot xodimlari shtatini jalb qilingan xodimlar umumiy sonining kamida 90%i miqdorida Oʻzbekiston fuqarolari orasidan toʻldirish, ularga stajirovka oʻtash hamda malaka oshirish imkoniyatini yaratish;
  • turistlarning transport vositalaridan erkin foydalanishini taʼminlash;
  • koʻrsatiladigan xizmatlarning turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, shuningdek, ekologik va atrof muhitni himoya qilish sohasini texnik tartibga solish talablariga mosligi;
  • davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 5 yilda 278 ta namunaviy mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda