20:43 / 18.09.2018
4 231

Oʻzbekiston va Qozogʻiston “Markaziy Osiyo shengeni” masalasi boʻyicha yechim topishga yaqin turibdi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston “Markaziy Osiyo shengeni” masalasi boʻyicha yechim topishga yaqin turibdi
Qozogʻiston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhammadoʻgʻli Markaziy Osiyo “shengeni”ni yaratish istiqbollari haqida soʻzlab berdi, deb xabar qilmoqda “Kun.uz”.

Vazirning xabar berishicha, bugungi kunda mamlakat transport aloqalarini yaxshilash, viza rejimini soddalashtirish kabi qator muhim masalalarni hal qilishi kerak.

“Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida vizalarni oʻzaro tan olish masalasiga yechim topish qarori oxiriga yetib qoldi. Mintaqadagi qoʻshnilarimiz - Qirgʻiziston va Tojikiston bu masalaga qiziqish bildirmoqda. Biz umumiy til topishga muvaffaq boʻlsak, unda istiqbolda oʻziga xos Markaziy Osiyo «shengeni”ga ega boʻlamiz, bu sayyohlarning qoʻshimcha oqimini taʼminlab beradi», - dedi Muhammadoʻgʻli Ipak yoʻli ishtirokchi davlatlari xalqaro forumida chiqish qilib.

Amaldorning taʼkidlashicha, Qozogʻiston Oʻzbekiston bilan transchegaraviy barqaror turmahsulotlarni ishlab chiqishdan manfaatdor. Uning soʻzlariga koʻra, davlatlarning hududlari resurslarning mavjudligi jihatidan muvaffaqiyatli tarzda bir-birini toʻldiradi.

“Oʻzbekiston fuqarolari orasida Turkiston juda mashhur. Buxoro, Xiva va Samarqand esa turizm durdonalari sanaladi”, - deya qoʻshimcha qilib oʻtdi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston va Qozogʻiston “Markaziy Osiyo shengeni” masalasi boʻyicha yechim topishga yaqin turibdi