Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining forma kiyimlari va ajratish belgilari namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018 yil 19 dekabrdagi №737-sonli qarori qabul qilindi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 27 fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining forma kiyimlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” PQ–2800 sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi №310-sonli qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorlar ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi tizimi xodimlarining yagona mundirlash namunasini yaratish maqsadida ularning forma kiyimlari ham ajratish belgilarni tasdiqladi.
Hukumat qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qoʻmitasi forma liboslarini tikish uchun milliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻrnatilgan tartibda tanlov (tender) savdolari oʻtkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?