16:17 / 20.09.2018
5 444

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi
Hamkorlikka intilish va masʼuliyat Markaziy Osiyo mamlakatlariga farovonlikni kafolatlashi mumkin, deb hisoblaydi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

“Barqaror taraqqiyot va mintaqa ravnaqi uchun mustahkam kafolatga hamkorlikda intilish Markaziy Osiyo barcha davlatlarining umumiy kelajagi uchun masʼuliyatga aylanadi”, – deyiladi xalqaro transport konferensiya ishtirokchilariga murojaatda. Uni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.

Oʻzbekiston rahbarining taʼkidlashicha, Markaziy Osiyo rahbarlarining saʼy-harakatlari tufayli “qisqa vaqt davomida yangi siyosiy ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhiti shakllandi”. “Oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yoʻlida tarixiy muhim qadamlar tashlandi. <…> Hayotning oʻzi bu choralar yetarli emasligini koʻrsatmoqda”.

“Yirik xalqaro bozorlarni oʻzaro bogʻlaydigan mintaqaning strategik joylashuvi hisobga olinsa, xalqaro transport yoʻlaklari tizimiga mintaqa integratsiyasini jadallashtirish maqsadida mamlakatlarimiz saʼy-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi”, – deya taʼkidlab oʻtdi Mirziyoyev.

Portlarga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyati yoʻqligi sababli, deya qayd etadi Oʻzbekiston prezidenti, mamlakatlar jiddiy xarajatlarga uchramoqda. Ular eksport qiymatining 70-80 foiziga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi