07:32 / 21.09.2018
5 706

Oliygohlarda toʻlov-kontraktni toʻlash muddati uzaytirildi

Олийгоҳларда тўлов-контрактни тўлаш муддати узайтирилди
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi bayoniga muvofiq respublika oliy taʼlim muassasalariga 2018/2019 oʻquv yilida bakalavriat va magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini toʻlash muddati 2018 yilning 30 sentyabriga qadar uzaytirildi. Bu haqda Kun.uz Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Maʼlumot uchun, mahalliy oliygohda belgilangan toʻlov-kontrakti bir yil uchun oʻrtacha 8,2 million soʻmdan boshlab 12 million atrofida toʻxtaydi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa bu raqam 18-22 million atrofida belgilangan.

Shuningdek, kirish imtihonlarida oʻqishdan yiqilgan abituriyentlar oʻqishni super-kontrakti arzonroq OTMga koʻchirishi mumkin. Unga koʻra, test sinovlari natijasi boʻyicha yetarli ball toʻplamagan va oshirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga oshirilgan toʻlov-kontraktning miqdori (barobari) kam boʻlgan taʼlim yoʻnalishini tanlash imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topshirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining oʻrni) mosligi hamda uning doimiy yashash joyi va hujjat topshirgan oliy taʼlim muassasasi joylashgan hudud mezon sifatida belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oliygohlarda toʻlov-kontraktni toʻlash muddati uzaytirildi