09:57 / 21.09.2018
4 620

AQSHning Oʻzbekistondagi yangi elchisi bilan tanishing

AQSHning Oʻzbekistondagi yangi elchisi bilan tanishing
Daniel Rozenblyum AQSH Senati tomonidan 18 sentyabr kuni Qoʻshma Shtatlarning Oʻzbekistondagi yangi elchisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda AQSH Senati rasmiy saytiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Senatning bayonotida Daniel Rozenblyumning avvalgi faoliyati qayd etilgan. Ulardan eng muhimlari - Afgʻonistondagi tinchlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliyot, mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish, xalqaro muammolarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, Oʻzbekistonda islohotlarni tezlashtirish boʻyicha saʼy-harakatlardir. Shuningdek, Rozenblyum Qoʻshma Shtatlarning xususiy sektorini jalb etish va investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashishda ham faol ishtirok etgan, deyiladi hujjatda.

2014 yildan boshlab Daniel Rozenblyum AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha masʼul kotibi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, AQSHning Oʻzbekistondagi hozirgi elchisi Pamela Spratlen diplomatik faoliyatini 2015 yilda boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » AQSHning Oʻzbekistondagi yangi elchisi bilan tanishing