07:02 / 22.09.2018
5 178

Forbes Kazakhstan Oʻzbekiston ishbilarmonlari oʻynayotgan oʻyin haqida maʼlumot berdi

Forbes Kazakhstan Oʻzbekiston ishbilarmonlari oʻynayotgan oʻyin haqida maʼlumot berdi
Foto: Forbes Kazakhstan
Toshkentdagi ishbilarmon doiralar boʻsh vaqtni oʻtkazishning yangi usulini muhokama qilmoqda. Dam olishning bu varianti miya faolligining odatdagi yuqori darajasidan farq qiladi. Gap “60 soniyada topish” intellektual oʻyini haqida ketmoqda, deb yozadi Forbes Kazakhstanga tayanib Kun.uz nashri.

“ACP Game xalqaro loyihasi - bu «savol-javob” prinsipi boʻyicha oʻyin emas. Bu, avvalambor, oʻz vaqtining qiymatini biladigan va tashkilotning sifatini qadrlaydigan muvaffaqiyatli odamlar jamoasi. Ishtirokchilar shunchaki oʻynashmaydi, ular tanishlar, biznes aloqalar doirasini kengaytiradilar hamda biznes hamkorlar topib, yangi biznes loyihalarini yaratishadi», - deyiladi maqolada.

Aytilishicha, ACP Game 2013 yilda Moskvada loyihani boshlagan Yuliana Konstantinova tomonidan tashkil etilgan. Hozir u Rossiya, Qozogʻiston, Armanistonda faol rivojlanmoqda.

“Bu intellektual oʻyin allaqachon biznesning turli sohalaridagi rahbarlar va yirik kompaniyalar top-menejmentining boʻsh vaqtni oʻtkazishning sevimli turiga aylandi. Loyiha kompaniyalar ichidagi seminarlar, treninglar, timbildinglarga ideal muqobil variant boʻldi. Oʻyin - nafaqat shaxsan tanishish, balki umumiy maqsadga erishish uchun bir jamoa boʻlib qanday ishlash kerakligini oʻrganishda ajoyib imkoniyatdir”, - deyilgan maqolada.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, oʻyinni tashkil etish qoidalari qatʼiy tartibga solingan. Bunda bir odamning ham u qoidalarni chetlab oʻtishi biznes-hamjamiyatning yuzlab intellektuallari yoqtirib qolgan oʻyin darajasining yoʻqolishiga olib keladi.

“Oʻyini ommaviy emas, auditoriya aniq tanlanadi, qatnashchilar maqomi va ularning mashhurlik darajasi eʼtiborga olinadi”, - deya taʼkidlanadi maqolada.

Savollar har doim turlicha, barcha sohalarni qamrab oladi, bittasi Oʻzbekiston tarixi bilan bogʻliq boʻlishi shart (gap ACP Gameʻni Oʻzbekistonda oʻtkazish haqida ketmoqda). Sardor boshchiligidagi olti kishi bir daqiqa davomida boshlovchi tomonidan berilgan savolga javob topishi kerak. Har bir toʻgʻri javob uchun jamoalar 1 ball oladi. Oʻyin natijasiga koʻra ballar toʻplanib, gʻolib jamoa aniqlanadi.

Foto: Forbes Kazakhstan
Forbes Kazakhstanʻning bildirishicha, Oʻzbekistondagi birinchi oʻyin 2018 yilning bahorida Toshkent oʻtkazilgan boʻlib, “Moviy gumbazlar” restoranida biznes elita, shuningdek, Qozogʻiston, Ukraina va Rossiyadan ACP Game oʻyinlari yetakchilari yigʻilgan.

“Doimiy asosiy sovrin - uch litr yangi qizil ikrani Sarvar Qoratoyev, Murod Yoqubov, Ravshan Mahkamov, Shavkat Bekkulbekov, Aleksey Akimenko, sardor Elbek Xoʻjayevdan iborat jamoa qoʻlga kiritdi”, - deyiladi Forbes Kazakhstanʻdagi maqolada.

Maqola Oʻzbekistonda ACP Game intellektuallar yopiq klubi oʻyini har ikkinchi payshanbada oʻtkazilishi haqidagi xabar bilan yakunlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Forbes Kazakhstan Oʻzbekiston ishbilarmonlari oʻynayotgan oʻyin haqida maʼlumot berdi