14:10 / 22.09.2018
5 540

Baliqchilik sohasi yanada qoʻllab-quvvatlanadi

Baliqchilik sohasi yanada qoʻllab-quvvatlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Baliqchilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining baliqchilik xoʻjaliklari sunʼiy suv havza maydonlarini bosqichma-bosqich intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019 yilda intensiv usulda baliq yetishtirishga ixtisoslashtirilgan sunʼiy suv havza maydonlarini prognoz parametrlarini baliqchilik xoʻjaliklari kesimida ishlab chiqib tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Xitoy va Vyetnam davlatlarining baliqchilik sohasida ilgʻor va zamonaviy texnologiyalari asosida sunʼiy suv havza maydonlarida intensiv usulda baliq yetishtirishni tashkil etish boʻyicha uslubiy tavsiyalar va namunaviy loyihalarni ishlab chiqib joylarga yetkazilishini taʼminlaydilar.

Belgilab qoʻyilishicha, baliqchilik fermer xoʻjaliklarining kadastr hujjatlarida koʻrsatilgan intensiv usulda baliq yetishtiradigan yer maydonlari 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab dastlabki uch yil davomida yagona yer soligʻidan ozod etiladi.

Ipoteka-bank va tijorat banklariga baliqchilik tashkilotlarining buyurtmalariga binoan besh yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etiladi.

2022 yilning 1 yanvarigacha:

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasiga aʼzo tashkilotlar tomonidan chetdan olib kelinadigan qafas (sadok) va yopiq suv aylanma tizimi uskunalari, suvga havo purkagichlari (aeratorlar), baliq ovlash anjomlari, naslli ona baliq, baliq uvildirigʻi, lichinka, chavoq baliq, qayta ishlash uchun keltiriladigan muzlatilgan baliq mahsuloti, baliq mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatgich va saqlash uskunalari hamda ularning ehtiyot qismlari, granulalangan omuxta yem, inkubatsiya sexi, melioratsiya ishlari uchun maxsus texnikalar (buldozer, ekskavator, frontal yuklagich, zemsnaryad, yuk mashinasi) va tirik baliq tashuvchi transport vositalari;

chet el tashkilotlari va uning shoʻʼba korxonalari, dilerlik tarmoqlari, firma doʻkonlari tomonidan baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun chetdan keltiradigan omuxta yem, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan keltiriladigan mineral oʻgʻit (ammofos) bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.

Shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yili moddiy balanslarni shakllantirishda baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun mineral oʻgʻit (ammofos) hajmlarini 2019 yildan boshlab alohida satrda hisobga oladi;

baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun birja savdolariga qoʻyilgan mineral oʻgʻit (ammofos) “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining hududiy tashkilotlari tomonidan sotib olingan holda yetkazib beriladi;

mineral oʻgʻit (ammofos)ni yetkazib berishda paxta va gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar va tartiblar baliqchilik xoʻjaliklariga nisbatan joriy etiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ sunʼiy suv havza hosildorligini oshirish maqsadida baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun zarur miqdordagi mineral oʻgʻit (ammofos) ishlab chiqarishni taʼminlaydi.

Belgilanishicha, baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyoji uchun mineral oʻgʻit (ammofos)ni birja savdolariga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi tasdiqlanadigan oyma-oy grafik boʻyicha amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Baliqchilik sohasi yanada qoʻllab-quvvatlanadi