15:06 / 26.09.2018
5 347

Tadbirkorlarga yana imkoniyat. Bundan albatta foydalaning!

Tadbirkorlarga yana imkoniyat. Bundan albatta foydalaning!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarni jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3939-sonli Qaroriga asosan boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolariga sotilishi belgilandi.

Qarorga asosan tadbirkor va investorlarga yanada qoʻlaylik yaratish maqsadida boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalarini elektron auksioni oʻtkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi belgilab oʻtildi.

Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 1132 ta boʻsh yer uchastkalari, 303 894,0 mln.soʻm investitsiya kiritish, 2705 yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 3 132,0 mln. soʻm miqdorda auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 34 boʻsh yer uchastkalari 8 500,0 mln.soʻm investitsiya kiritish, 100 ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 225,2 mln. soʻmga sotildi.

Hozirda, “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1098 ta boʻsh yer uchastkalari 2 906,8 mln.soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Boʻlib oʻtgan auksion savdolarda tadbirkorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarida qatnashib gʻolib boʻlishga erishmoqdalar.

Jumladan, Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles shahri, “Iftixor” MFY hududidan chiqarilgan yer uchastkasi 1.367.200 soʻm boshlangʻich bahoda auksion savdolariga chiqarilib, boʻlib oʻtgan auksion savdo natijalariga koʻra 148.163.464 soʻmga sotildi.

Yana bir misol, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, “Turon” mahalla hududidan chiqarilgan yer uchastkasi 849.500 soʻm boshlangʻich bahoda auksion savdolariga chiqarilib, boʻlib oʻtgan auksion savdo natijalariga koʻra, 18.102.845 soʻmga sotilib, oʻz egasiga topshirildi.

Aytish kerakki, keyingi vaqtlarda tadbirkolarimizning emin-erkin faoliyat olib borishi uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilmoqda,
Bu borada, Majburiy ijro byurosi huzuridagi “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK ham tadbirkorlarimiz uchun juda qulay imkoniyat boʻlmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlarga yana imkoniyat. Bundan albatta foydalaning!