Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktyabr oyida Oʻzbekistonga rasmiy tashrifini amalga oshiradi.
“Joriy yilning 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari Shavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtadi”, - deya Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi xabarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
Vazirlikning xabar berishicha, Rossiya prezidentining rasmiy tashrifi doirasida Rossiya-Oʻzbekiston birinchi hududlararo hamkorlik forumi oʻtkaziladi.
Mirziyoyev va Putinning oxirgi uchrashuvi joriy yilning iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari yetakchilari sammitida boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 7 sentyabr kuni Rossiyaga tashrifi davomida Moskvada RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashib, Putinning Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalarni muhokama qilgandi.
Dmitriy Medvedev 2017 yilda ikki tomonlama savdo hajmi uchdan bir qismga ortganini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, ushbu tendensiya joriy yilning birinchi yarmida ham saqlanib qoldi.
“Oʻzaro savdoning oʻsishi deyarli uchdan bir qismni tashkil etdi - 32%. Rossiya yana Oʻzbekistonning savdo sheriklari orasida eng yuqori pogʻonaga chiqib oldi, bu, albatta, bizni quvontiradi”, - deya taʼkidlab oʻtdi bosh vazir. 2017 yilda Rossiyaning Oʻzbekiston bilan tovar aylanmasi 3,651 milliard dollarga teng boʻlib, 2016 yilga nisbatan 33,96 foizga oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi