20:56 / 29.09.2018
4 361

Oʻzbekiston Oʻrta Osiyoda taʼlim xabiga aylanadi

Oʻzbekiston Oʻrta Osiyoda taʼlim xabiga aylanadi
Oʻzbekiston Oʻrta Osiyoda taʼlim xabiga aylanishi kerak, taʼlimni isloh qilish konsepsiyasi mohiyati shundan iborat, dedi Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduxakimov [url=https://sputniknews-uz.com/society/20180929/956644... [/url]nashriga.

“Taʼlim xabi bu nima degani? Oʻzbekiston faqat oʻzidagi yoshlarga taʼlim xizmatini koʻrsatish bilan cheklanib qolmay, kerak boʻlsa, regionda eng kuchli oliy taʼlim dargohlari paydo boʻlishi va chet eldagilar kelib aynan shu yerda tahsil olishlari kerak”, - deya izoh beradi Abduxakimov.

“Bu ham daromad nuqtai nazaridan hamda kelajakda boshqa davlatlarda Oʻzbekistonga xayrixoh boʻlgan yoshlar nuqtai-nazaridan bizni manfaatlarimizga toʻgʻri keladi”, - taʼkidlaydi u va chet mamlakatlarda oʻzbek diasporalari ham borligini, Oʻzbekiston ularga ham oliy taʼlim berishi kerakligini qoʻshimcha qiladi.

“Boshqa davlatlarda bunday amaliyot bor. Misol uchun, Rossiyani oladigan boʻlsak, yiliga qancha yoshlarni oʻqishga taklif etadi. Nega biz qilmaymiz shu ishni? Albatta, qilishimiz kerak. Mana misol uchun, Oʻzbekiston Surxondaryoda oʻz byudjetidan Afgʻonistonlik yoshlar uchun oʻqishga imkoniyat yaratgan ekan, bu loyihani nega xab sifatida rivojlantirmasligimiz kerak?”, - deydi suhbatdosh.

Oʻzbekiston buning uchun yirik donor-davlatlar: Yaponiya, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar grantlarini olib, respublika janubida bir nechta oliy taʼlim maskanlarini tashkil etishi va afgʻon fuqarolariga oliy taʼlim berish imkoniyatlarini kengaytirmogʻi lozim, deya oʻz fikrini davom ettiradi Abduxakimov.

“Afgʻonistonlik yoshlar maʼlum bir kasb-koʻnikmalarga ega boʻlsa, ertaga ular togʻda avtomatlar bilan yugurmaydi, balki davolaydi, bolalarga bilim beradi, oʻqituvchi boʻladi”, - deydi u va Oʻzbekistonda bunday ulkan ishlarni amalga oshirish uchun imkoniyat borligini qoʻshimcha qildi.

Abduxakimovga koʻra, Oʻzbekiston ayni vaqtda oliy taʼlim tizimida raqobatbardosh muhit yuzaga kelishi uchun ulkan ishlar ustida ishlamoqda, xorijdan malakali mutaxassislar jalb qilingan va yaqin kelajakda respublika oliy taʼlim tizimida “ulkan ishlar” amalga oshirilishi, yangi qaror loyihasi chiqishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston Oʻrta Osiyoda taʼlim xabiga aylanadi