Oʻzbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflarining oshirilishi haqidagi masala muhokama etilmoqda. Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ham shu haqida gap bordi.
Tadbir davomida “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari Odil Temirov ayni paytda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda gaz bahosini koʻtarish masalasi muhokama etilayotganini aytib oʻtdi.
Temirovning taʼkidlashicha, aholi uchun 1 kub metr tabiiy gazning qiymati 289,7 soʻmdan 320 soʻmgacha (oshish 10 foiz), korxonalar uchun 600 soʻmgacha yetishi mumkin. Bu holatda 1 kVt⋅soat elektr energiyasining narxi aholi uchun 228,6 soʻmdan 250 soʻmgacha (oshish 9,4 foiz), yuridik shaxslarga 470 soʻmgacha oshirilishi mumkin.
Ilgariroq “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ayni paytda gaz narxini oshirish uchun aniq maʼlumotlar yoʻqligini taʼkidlab oʻtgan edi.
“Gaz narxlarining oshishi aniq emas. Narxlar oshishini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining koʻtarilishi yoki oʻzgarishini «Oʻztransgaz” hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala», — degan edi u.
Darvoqe, tadbir davomida tariflarning past darajada ekanligi qonunchilik amaliyotida elektr energiyasidan oqilona foydalanmaganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash amaliyoti koʻrsatib oʻtilmagani bilan birgalikda isteʼmolchilar tomonidan undan xoʻjasizlarcha, jumladan, sutkaning yorugʻ qismida ham yoritish uchun elektr energiyasidan nooqilona foydalanishga sabab boʻlayotgani aytib oʻtildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi