09:25 / 04.10.2018
6 009

Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi

Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining maʼlumotiga koʻra, 2018 yil 3 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:44 da Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi.

Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 389 km uzoqlikda janubiy yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayd etildi (38,71 N, 66,09 E).

Zilzila magnitudasi M=3,6.

Zilzila chuqurligi N=30 km.

Zilzila kuchi Qarshi shahrida 3 ballni tashkil etgan.

Respublikaning boshqa hududlarida zilzila qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi