10:50 / 04.10.2018
4 804

Oʻzbekistonda fanlar ingliz tilida oʻqitiladigan maktablar ochiladi

Oʻzbekistonda fanlar ingliz tilida oʻqitiladigan maktablar ochiladi
2 oktyabr kuni Vashingtonda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya AQSH taʼlim vaziri Elizabet Devos bilan muzokaralar oʻtkazdi, deya xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi bergan maʼlumotlarga koʻra, uchrashuvda joriy yilning may oyida oʻtkazilgan oliy darajadagi Oʻzbekiston-Amerika uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shu nuqtai nazardan oʻquv jarayonini boshqarish, tizimga AKT joriy etish, oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda maktab taʼlimini moliyalashtirish modellari mexanizmlarini takomillashtirish borasidagi hamkorlikning istiqbollari koʻrib chiqildi.

Ingliz tilini oʻqitish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo memorandumni izchil implementatsiya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, shu qatorda barcha fanlar ingliz tilida oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablarini ochishdan tomonlar birdek manfaatdorligi taʼkidlandi.

Amerika tomoni hamkorlikning dastlabki bosqichlarida oʻqituvchilarni onlayn tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyishda hamda keyinchalik AQSHning sohaviy universitetlari bilan birgalikda zamonaviy taʼlim uslublariga asoslanuvchi maxsus dasturlarni ishlab chiqishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakuniga koʻra Oʻzbekistonda maktab taʼlimi tizimini takomillashtirishda AQSHning ilgʻor tajribasini joriy etish masalalarida ikki vazirlik oʻrtasidagi aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda fanlar ingliz tilida oʻqitiladigan maktablar ochiladi