Amerika Qoʻshma Shtatlari savdo vaziri Uilbur Ross (Wilbur Ross) Oʻzbekistonga kelmoqda. Bu haqdagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida berilgan.
TIV saytidagi xabarga koʻra, 2018 yilning 4 oktyabr kuni Vashingtondagi Milliy press-klubda Markaziy Osiyo va Kavkaz Instituti (CACI) tomonidan chop etilgan “Oʻzbekistonning yangi yuzi” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtgan.
Kitob ishbilarmon doiralar va investorlar, birinchi galda Gʻarb davlatlari vakillari uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi hamda Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati va rivojlanayotgan investitsion muhitini toʻla ochib beradi. Shu nuqtayi nazardan AQSH savdo vaziri Uilbur Rossning joriy yil oktyabr oyida Oʻzbekistonga boʻlajak birinchi tashrifi ijobiy baholandi, deyiladi xabarda.
Qayd etib oʻtish joizki, 2018 yilning dastlabki 8 oyi mobaynida AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro mahsulot aylanmasi 300 million dollardan oshgan. Holbuki, butun 2017 yilda bu koʻrsatkich 210,2 million dollarni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi