12:50 / 11.10.2018
3 979

Mirziyoyev qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish haqida topshiriq berdi

Mirziyoyev qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish haqida topshiriq berdi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 10 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi va iqtisodiy idoralar rahbarlari ishtirokida mamlakatni joriy yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holati va yil yakunlari boʻyicha kutilayotgan natijalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, mamlakatda valyuta bozorining erkinlashtirilishi – iqtisodiyotda likvidlilik darajasi oshishiga hamda boʻsh pul mablagʻlarining muhim investitsiya va infratuzilma loyihalariga jalb etilishini taqozo qiladi.

Davlat rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tijorat banklari va sugʻurta kompaniyalarining boʻsh mablagʻlarini muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish maqsadida qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, shuningdek, joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash va barcha prognoz qilingan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2011 yilda qimmatli qogʻozlar chiqarishni toʻxtatdi. 1996 yildan 2011 yilgacha Moliya vazirligi umumiy qiymati 803 mlrd soʻmlik qimmatli qogʻozlar chiqargan, ularning oʻrtacha yillik qiymati 50 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish haqida topshiriq berdi