13:48 / 11.10.2018
2 830

Yirik xorijiy kompaniya Oʻzbekistonga kirib kelishi mumkin

Yirik xorijiy kompaniya Oʻzbekistonga kirib kelishi mumkin
9 oktyabr kuni AKT vazirligida “Hangzhou Hikvision Technology Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yangjon Xu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ushbu xorijiy kompaniyaning ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Foto: “Mitc.uz”

Uchrashuvda tomonlar loyiha bilan bogʻliq masalalarni birgalikda oʻrganishga kelishib oldilar. Bu esa “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda konseptual yondashuvlarni aniqlashda foydali boʻlishi mumkin.

“Hikvision” kompaniyasi “Xavfsiz shahar” loyihalarini amalga oshirish va videokuzatuv tizimlari sohasidagi texnologiyalarni joriy qilishda katta tajribaga ega. Bunga Seul, Shanxay, Nyu-York, Ukraina, Belarus va Singapurdagi 100 mingdan ortiq IP-kameradan iborat “Xavfsiz shahar”larni misol keltirish mumkin. “Hikvision” mahsulotlari jahonning 150 dan ortiq mamlakatlarida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yirik xorijiy kompaniya Oʻzbekistonga kirib kelishi mumkin