21:02 / 12.10.2018
4 775

Shavkat Mirziyoyev tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofotiga tavsiya etiladi

Shavkat Mirziyoyev tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofotiga tavsiya etiladi
Tojikiston oʻzbeklar jamiyati 2019 yilda Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti berilishi uchun Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlari nomzodini taklif etadi. Bu haqda Tojikistondagi oʻzbeklar jamiyati jamoatchilik tashkiloti raisi Muharrama Mirzoaliyeva maʼlum qildi deb yozadi Turon24.uz nashri.

Uning taʼkidlashicha, Tojikiston oʻzbeklar jamiyati kelasi yil Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga berilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida imzo toʻplash kampaniyasini boshlab yubordi.

Bu haqda ilk marta Vahdat tumanidagi “Guliston” qishloq kengashi fuqarolari yigʻinida 10 oktyabr kuni maʼlum qilingan edi. Yigʻilishdan soʻng jamiyat raisi tashabbus guruhining Norvegiya Nobel qoʻmitasi bilan bogʻlanganini aytdi.

“Bizga nomzodlarni koʻrsatish jarayoni haqida batafsil tushuntirishdi. Norvegiya Nobel qoʻmitasi prezidentlar nomzodini Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga koʻrsatish masalasida hukumat tuzilmalarining arizasini olmasligi maʼlum boʻldi. Agar davlat rahbari nomzodi jamoat tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan boʻlsa, u holda ularning arizasi albatta qabul qilinadi”, – deydi Muharrama Mirzoaliyeva.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon nomzodini 1997 yil mamlakat hukumati va Birlashgan tojik muxolifati orasida tinchlik shartnomasi imzolanishi va Tojikistonda tinchlik oʻrnatilgani munosabati bilan ham Nobel mukofotiga taklif etishgandi. Oʻsha yili Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti BMT Bosh kotibi Kofi Annanga berildi.

Oʻzbekistonda ham bir muddat oldin baʼzi faollar tomonidan prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodini Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga koʻrsatish taklif etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev tinchlik boʻyicha “Nobel” mukofotiga tavsiya etiladi