22:44 / 12.10.2018
4 561

13 oktyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti

13 oktyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 oktyabr kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechqurun yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechqurun ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi, qor yogʻishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayadi. Kechasi 1-6, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 13 oktyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo maʼlumoti