07:31 / 13.10.2018
4 256

Shavkat Mirziyoyev MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uchrashdi
12 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan MDHga aʼzo davlatlar Mudofaa vazirliklari rahbarlarini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Ozarboyjon mudofaa vaziri Z.Gasanov, Armaniston - D.Tonoyan, Belarus - A.Ravkov, Qozogʻiston - N. Yermekbayev, Rossiya - Sh.Shoygu, Tojikiston - Sh.Mirzo, Qirgʻiziston Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi R.Duyshenbiyev va MDH Mudofaa vazirlar kengashi kotibi Yu.Dashkin ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qayd etishicha, MDH Mudofaa vazirlari kengashi yigʻilishining Toshkentda ilk marotaba oʻtkazilishi mamlakatning Hamdoʻstlik faoliyatidagi ishtiroki yangi bosqichda ekanidan dalolat beradi.

Oʻtgan yil davomida Oʻzbekiston iqtisodiyot, energetika, ilm-fan va innovatsiya, jinoyatchilikka qarshi kurash kabi sohalarda 10dan ortiq hamkorlik organlariga qoʻshildi.

Uchrashuv davomida MDH doirasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, idoralararo hamkorlik, ikki tomonlama va koʻp tomonlama tadbirlar, shuningdek harbiy kadrlarni professional tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari, shu jumladan, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash yuzasidan fikr almashildi.

MDH mamlakatlari Mudofaa vazirliklari rahbarlari samimiy qabul uchun Oʻzbekiston Respublikasi prezidentiga chuqur minnatdorlik izhor etib, oʻz davlatlari rahbarlari nomidan eng yaxshi tilaklarni yetkazishdi. Mamlakatda Qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, shuningdek, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha respublikaning tashabbuslari yuqori baholandi.

Oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha Mudofaa vazirliklari oʻrtasida konstruktiv va yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uchrashdi