Qulay fursatni boy bermang!

  • 12-10-2018, 21:42
  • 1 053
  • O‘zbekiston
  • Qulay fursatni boy bermang!
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Xududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyixalarni jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3939-sonli qaroriga asosan boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolariga sotilishi belgilandi.

    Qarorga asosan tadbirkor va investorlarga yanada qoʻlaylik yaratish maqsadida boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalarini elektron auksioni oʻtkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi belgilab oʻtildi.

    “Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2259 ta boʻsh yer uchastkalari, 548 mlrd. 79 mln. soʻmlik investitsiya kiritish, 7626 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 4 mlrd. 486 mln. 800 ming soʻmlik obyektlar auksion savdolariga chiqarildi.

    Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 231 ta boʻsh yer uchastkalari 162 mlrd. 940 mln. soʻm investitsiya kiritish, 2140 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd. 816 mln. soʻmga sotildi.

    Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2028 ta boʻsh yer uchastkalari 1 mlrd. 670 mln. 800 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

    Boʻlib oʻtgan auksion savdolarda tadbirkorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarida qatnashib gʻolib boʻlishga erishmoqdalar.

    Aziz ishbilarmon va tadbirkorlar, Sizning yangi biznes loyihalaringiz va tashabbuskorligingiz amalga oshirish uchun fursatni boy bermang !

    » » Qulay fursatni boy bermang!