19:45 / 12.10.2018
6 172

Toʻyxona va choyxonadagi qingʻirliklar

Toʻyxona va choyxonadagi qingʻirliklar
Oltiariq tumanida joylashgan toʻyxonada MIB Oltiariq tuman boʻlimi xodimlari tomonidan 26.07.2018 yilda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida toʻyxona ish yurituvchisi M.Oʻ. tuman gaz taʼminoti korxonasi ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan yashirin ravishda tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib olib, 5 dona milliy oʻchoq, 1 dona PG 4 gaz plitasi, 1 dona isitish qozonidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Fuqaro M.Oʻ. davlat manfaatlariga 22,5 mln. soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazishda ifodalangan harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 1852 moddasi 2 moddasida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan.

Jinoyat kodeksining 1852 moddasi 6 qismida birinchi marta jinoyat sodir qilgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

Qonun talabi M.Oʻ.ga tushuntirildi va u 22,5 mln. soʻmlik davlatga yetkazilgan moddiy zarar oʻrnini toʻliq qoplab berdi.

Shunga koʻra, unga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan 07.09.2018 yilda JPKning 84 moddasi 1 qismi 8 bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Oltiariqdagi choyxonalarning birida oʻtkazilgan tadbirda fuqaro I.U. choyxonadagi 14 dona miliy oʻchoqlar va 1 dona choy qaynatish bokini gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan qanday ruxsatsiz yashirin ravishda ulanib olgan. I.U. davlatga 28,0 mln. soʻmlik moddiy zarar yetkazgan.

Qonunda belgilangan imkoniyat unga tushuntirilgach, 28,0 mln. soʻm miqdordagi moddiy zarar oʻrnini toʻliq qoplaganligi sababli toʻplangan hujjatlar yuzasidan 22.09.2018 yilda JPKning 84 moddasi 1 qismi 8 bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat ularning energiya resurslarini talon-toroj qilishga asos boʻlmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toʻyxona va choyxonadagi qingʻirliklar