09:46 / 13.10.2018
3 989

Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga qachon borishi maʼlum qilindi

Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga qachon borishi maʼlum qilindi
Foto: Prezidentning Matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning yanvar oyida Germaniyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda. Bu haqda Germaniyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Gyunter Overfeld maʼlum qildi.

Toshkentda 10 oktyabr chorshanba kuni oʻzbekistonlik va xalqaro hamkorlar ishtirokida Germaniya birligi kuni nishonlangan.

Tadbirda Germaniyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld soʻzga chiqib, Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil yanvar oyida Germaniyaga tashrifi davomida kansler Angela Merkel va GFR federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan boʻlib oʻtadigan muzokaralari haqida gapirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga qachon borishi maʼlum qilindi