2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshiriladi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu haqdagi tegishli farmoni e’lon qilindi.
Farmonga muvofiq, 1 noyabrdan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
- ish haqi — oyiga 202 730 so‘m;
- yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so‘m;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so‘m miqdorida belgilandi.
Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori so‘nggi marta shu yilning 15 iyulidan o‘rta hisobda 1,07 baravar oshirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi