O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra 33,085 million kishini tashkil etdi. Davlat statistika qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, aholi soni yil boshiga nisbatan 428,5 min kishiga yoki 1,3 foizga o‘sgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,728 million kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 16,357 million kishini (49,4 foiz) tashkil etdi.
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3,777 million kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni) va Farg‘ona viloyatida 3,665 million kishini (11,1 foiz), aksincha, eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 825,8 ming kishini (2,5 foiz) va Navoiy viloyatida 969,7 ming kishini (2,9 foiz) tashkil etdi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,2 foizni, Samarqand viloyatida 2,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 2,0 foizni, Jizzax va Namangan viloyatlarida 1,9 foizni va Toshkent shahrida 1,8 foizni, aksincha, eng kam o‘sish sur’ati Toshkent viloyatida 1,2 foizni, Qoraqalpog‘istonda 1,4 foizni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi»