O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi yakunida viloyatdagi 5 tuman hokimi ikki oylik maoshidan mahrum qilingan. Bu haqdagi ma’lumotni «Kun.uz» nashri tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Bo‘ka tumani hududidagi «Valixon ota» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirgandi. Prezident shu yerda viloyat fermerlari va qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan suhbatlashgan.
Muloqotda fermerlarga o‘z mehnati samarasini ko‘rish vaqti kelgani, hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay yig‘ib olish zarurligi ta’kidlangandi.
Prezident tashrifi davomida qator kamchiliklar aniqlangan. Ayrim davlat amaldorlarining faoliyati tanqidga uchragan.
13 oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimi farmoyishi asosida 5ta tuman hokimi - Bo‘ka (No‘monali Izbosarov), Pskent (Abdusamat Akbarov), Bekobod (Ne’mat Abdullayev, u shu yilning 25 sentyabrida tumanning yangi hokimi sifatida ish boshlagan), Yangiyo‘l (Abduqahhor To‘xtaboyev) va Chinoz tumanlari hokimlari ikki oylik maoshlaridan mahrum qilingan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, bunday qaror hokimlar paxta xomashyosini yig‘ib olish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yishgani uchun qabul qilingan.
Bundan tashqari, hokimlar agar vaziyat tuzatilmasa, ishdan olinishi mumkinligi haqida ham ogohlantirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?