Toshkent shahrining doimiy aholisi soni ma’lum qilindi

  • 15 oktyabr 2018, 16:00
  • 3 036
  • O‘zbekiston
  • Toshkent shahrining doimiy aholisi soni ma’lum qilindi
    O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga 2497,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 33,0 ming kishiga yoki 1,3%ga o‘sgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

    2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 34,0 ming bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 18,3 promilleni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,7ga (2017 yilning mos davrida - 17,6 promille bo‘lgan) o‘sdi.

    2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 11,9 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 461 nafari 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 6,4 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3ga kamaydi (2017 yilning mos davrida - 6,7 promille bo‘lgan).

    Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 22,1 ming kishini tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming kishiga o‘sishi (2017 yilning mos davrida 19,9 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.

    FHDYo organlarida 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 14,4 mingta nikoh va 3,1 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi.

    1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 7,7 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2ga o‘sdi (2017 yilning mos davrida - 7,5 promille bo‘lgan).

    Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017 yilning mos davrida 1,5 promille bo‘lgan) o‘sgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent shahrining doimiy aholisi soni ma’lum qilindi