11:13 / 17.10.2018
3 266

O‘zbekiston amerikalik talabalarni nimasi bilan o‘ziga jalb etmoqda?

O‘zbekiston amerikalik talabalarni nimasi bilan o‘ziga jalb etmoqda?
AQShning yetakchi beshta oliy o‘quv yurtlari iltimosiga ko‘ra O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi binosida shu yilning 14 oktyabr kuni ekskursiya va O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi hamda turistik potensiali taqdimoti o‘tkazildi.

TIVning ma’lumotlariga ko‘ra, Boston, Nyu-York, Kaliforniya va Beylor universitetlari, shuningdek Ohayo shtati universiteti o‘qituvchilari va talabalari O‘zbekiston bilan bog‘liq barcha narsalar — uning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, takrorlanmas arxitekturasi, mamlakatda ayni paytda o‘tkazilayotgan islohotlar bilan qiziqishgan.

«Mehmonlar uchun Elchixonaning tarixiy binosi va mamlakatimizdan olib borilgan eksponatlar muzeyi bo‘ylab tur tashkil qilindi. O‘zbekiston hunarmandlari va musavvirlarining san’at namunalaridan iborat yirik kolleksiya talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Diplomatlar o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va udumlari haqida tushunchalar berib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi», — deyiladi tashqi siyosat idorasining xabarida.

Talabalarni ko‘proq O‘zbekistonga qaysi payt borgan ma’qul, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bor-yo‘qligi, amerikaliklar uchun viza talab etilish-etilmasligi qiziqtirgan. Ayniqsa Toshkent, Samarqand va Buxoroning osori-atiqalari taqdimoti, Buyuk Ipak yuli bo‘ylab yangi turistik yo‘nalishlar taqdimoti ularning diqqatlarini jalb qilgan.

Tashrif nihoyasida talabalar elchixona — O‘zbekistonning Amerika tuprog‘ining bir bo‘lagida bo‘lish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorchilik bildirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston amerikalik talabalarni nimasi bilan o‘ziga jalb etmoqda?