08:00 / 19.10.2018
2 897

O‘zbekiston Germaniyadan IHTT reytingi bo‘yicha yordam so‘radi

O‘zbekiston Germaniyadan IHTT reytingi bo‘yicha yordam so‘radi
O‘zbekiston hukumati Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tasnifi bo‘yicha milliy kredit reytingini qayta ko‘rib chiqishda yordam berishini kutmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

O‘zbekiston IHTT reytingida kredit xatari tasnifi bo‘yicha 6-mamlakatlar guruhidadir. «0» guruhidagi mamlakatlar eng moliyaviy jihatdan ishonchli, so‘nggi «7» guruhda iqtisodiy ko‘rsatkichlari past bo‘lgan davlatlar joylashgan.

«Biz IHTT tasnifi bo‘yicha O‘zbekiston kredit reytingini qayta ko‘rib chiqish masalasida Germaniya hukumati ko‘magiga umid qilmoqdamiz. Joriy tasnifda Germaniya va Yevropa banklari uchun moliyalashtirish, Osiyo banklariga qaraganda nisbatan jozibador emasdir», dedi Toshkentdagi O‘zbekiston-Germaniya hukumatlararo komissiyasi majlisida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov.

Qudratovning so‘zlariga ko‘ra, respublikada reytingda o‘z pozitsiyasini yaxshilash uchun barcha sharoitlar mavjud.

«Milliy valyuta to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash, daromadlarni qaytarish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish, O‘zbekistonning tashqi qarzi YaIM 20 foizidan oshmasligi hisobga olinib, barcha omillar O‘zbekistonning IHTT reytingidagi hozirgi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishning barcha imkoniyati va mavjudligini ko‘rsatib turibdi. Germaniyaning IHTTdagi o‘rni e’tiborga olinsa, biz ushbu masala bo‘yicha sizning ma’muriyatingiz yordamiga tayanamiz», - deya ta’kidlab o‘tdi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Germaniyadan IHTT reytingi bo‘yicha yordam so‘radi