O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Rossiyaning “Dnevnik.ru” kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshiradilar.
“Dnevnik.ru” – Rossiyada mashhur onlayn platforma bo‘lib, u maktablar bilan hamkorlikda bolalarning o‘zlashtirish natijalarini, davomatini va boshqa ko‘rsatkichlarini onlayn tarzda nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “Dnevnik.ru”ning O‘zbekistondagi vakili – “Kundalik” kompaniyasi barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.
“Kundalik” raqamli ta’lim platformasi Rossiya maktablarida joriy etilgan “Dnevnik.ru” axborot tizimi asosida ishlab chiqiladi.
Tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarni rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish, o‘quvchilarning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish, shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Shu bilan birga, ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishlari hamda onlayn kutubxona va ta’limga oid media resurslardan foydalanishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi