Malayziyaning “Alhijrah” telekanalida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etildi. Ko‘rsatuvda jurnalistlar tomoshabinlarni Shahrisabzdagi YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy va me’moriy yodgorliklari bilan tanishtirib boradi. Shuningdek, bu shahar islom dinining butun dunyoda tarqalishiga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondon va davlat arbobi Amir Temur tug‘ilgan yurt ekanligi alohida ta’kidlanadi.
O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan videorolikda Amir Temur davrida bunyod etilgan yodgorliklar, xususan, Oqsaroy koshonasi, Dor ut-tilovat maqbarasi, Ko‘kgumbaz masjidi kabi qadimiy obidalarning o‘ziga xos arxitekturaviy jozibasi aks ettirilgan.
Malayziyalik ijodkorlar dastur davomida Samarqandning tarixiy qadamjolari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tgan. Ayniqsa, Registon maydonidagi me’moriy yodgorliklarning o‘ziga xosligi, shaharga kelgan sayyohlarga haqiqiy sharqona muhitni taqdim eta oladigan o‘rta asr masjid, madrasa va ustaxonalari jurnalistlarda yorqin taassurot qoldirganini aytishgan.
Ko‘rsatuv yakunida teleijodkorlar O‘zbekiston islom taraqqiyoti markazi ekanligini va har bir malayziyalik bu muqaddas yerni ziyorat qilishi kerakligini ta’kidlaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?