01:23 / 24.10.2018
3 528

O‘zbekistonlik razvedkachilar Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik razvedkachilar Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida g‘olib chiqdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada 34 davlatdan 123 ta jamoa qatnashdi. "Kembriya patruli" musobaqasi 40 yildan buyon Uelsda an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadi.

Ishtirokchilar Kembriya tog‘ida to‘liq qurollangan holda hech qanday navigatsiya vositalarisiz kamida 25 kg yuk bilan 70 km masofani 48 soatda bosib o‘tishlari lozim. Tog‘da 1500 m balandlikka ko‘tarilib, 1000 m tik nishablikdan tushishga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi o‘rin Hindiston va Fransiya jamoalariga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya va Qozog‘iston jamoalari egalladi.

22 oktyabr kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida “Kembriya patruli” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

To‘qqiz nafar g‘olibga O‘zbekiston mudofaa vazirligining “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik razvedkachilar Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi