11:51 / 26.10.2018
3 594

Xorijlik vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi taqdim etiladi

Xorijlik vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi taqdim etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, vatandoshlar bilan hamkorlikning darajasi va shaklidan kelib chiqib, ularga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, davlat tomonidan quyidagi qo‘llab-quvvatlash va rag‘bat choralari ko‘rsatilishi mumkinligi belgilanmoqda:
  • kirish vizalarini, shu jumladan, ko‘p marotabalik va uzoq muddatli vizalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish, vaqtinchalik yashashga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma berish;
  • yuqori malakali kadrlarni O‘zbekistonda zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ishga olish;
  • ijtimoiy va maishiy masalalarni hal qilishga yordam berish;
  • davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan ob’ektlarni va yer maydonlarini vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, ma’rifiy, innovatsion va boshqa dastur hamda loyihalarni amalga oshirish uchun ajratib berish;
  • vatandoshlarning o‘qishi, ishi va boshqa ijtimoiy masalalarini to‘liq (qisman) moliyalashtirish;
  • vatandoshlar orasida yuqori malakali mutaxassislarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga, shuningdek, ushbu tashkilotlar rahbarlarining konsultanti (maslahatchisi) sifatida jalb qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish;
  • vatandoshlar — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr san’ati, televideniye va radio yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishlari uchun grantlar ajratish;
  • vatandoshlarning ommaviy axborot vositalarini O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tishini soddalashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan vatandoshlarni davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan taqdirlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa qo‘llab-quvvatlash va rag‘bat choralari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorijlik vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi taqdim etiladi