03:40 / 28.10.2018
4 542

O‘zbekiston harbiy kadrlarni tayyorlashda Xitoy bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston harbiy kadrlarni tayyorlashda Xitoy bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiya 22-26 oktyabr kunlari Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif davomida Azizbek Ikromov Xitoy milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Bundan tashqari o‘zbekistonlik harbiylar Pekin shahridagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi hamda Milliy mudofaa institutida ham bo‘ldilar.

Vazirlik xabarida so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston qurolli kuchlari akademiyasi bir qator mamlakatlarning oliy harbiy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ish olib borayotgani aytilgan. Xususan, oktyabr oyida Germaniya hamda Pokiston oliy harbiy bilim yurtlarining o‘qituvchilari O‘zbekiston qurolli kuchlari akademiyasida bo‘lib, hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston harbiy kadrlarni tayyorlashda Xitoy bilan hamkorlik qiladi