23:20 / 28.10.2018
3 574

O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi boshlandi (foto)

O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi boshlandi (foto)
Tadbirkorlik sohalari, ommaviy axborot vositalari hamda turizm industriyasi hozirgi kunda yoshlarni qiziqtirgan yo‘nalishlardan hisoblanadi.

Turizm, xususan, ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘idir. Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Shu bois turizm, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik sohalarini uyg‘unlashtirgan holda rivojlantirish hisobidan minglab yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin. Ayniqsa, bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, yoshlar turizmini ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni shu maqsadda ikki davlatning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Rossiya yoshlarining "Hamkorlik, tashabbus va innovatsiya» forumi tashkil etildi.

Mazkur forum joriy yilning 28 oktyabridan 1 noyabrigacha Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

28 oktyabr kuni Rossiya davlati delegatlari O‘zbekistonda iliq kutib olinib, Toshkentning diqqatga sazovor joylariga yomg‘ir ostidagi sayohat uyushtirildi. Mehmonlar Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida Temuriylar tarixi davri, Temuriylar davlat boshqaruvi, sulolalarning uzoq yillik taxt boshqaruvi haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Hazrati Imom majmuasida esa islom dini tarixi haqida tushuncha hosil qilishdi.

«82 nafardan iborat delegatsiyaning tashrifi turli sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘zaro muloqot, tajriba almashish muhitini yaratish, tadbirkorlik, turizm sohalarini rivojlantirish, yoshlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga oid muhokamalarga bag‘ishlangan. Mazkur forum O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan Rossiya yoshlar ittifoqi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumiga muvofiq o‘tkazilmoqda», — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Xalqaro bo‘lim bosh mutaxassisi Munisa Nurmatova.

Delegatlarda O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish, yoshlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan izchil islohotlar katta qiziqish uyg‘otib, ularning taassurotlarini ezgu fikrlar bilan boyitdi. Ikki mamlakat yoshlari turizm, ommaviy axborot vositalari hamda tadbirkorlik turizm sohalarini rivojlantirish istiqbollari, yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

«O‘zbekistonga birinchi marta kelishim. Ijtimoiy tarmoqlarda yozganimdek, bu mamlakatni birinchi nafasimdayoq yoqtirdim. Bu yerda hammasi ajoyib. Festivalning eng katta istiqboli, albatta, ikki davlatning ishtirokchilari o‘rtasida mustahkam aloqalarning o‘rnatilishidir. Umid qilamanki, festival nafaqat do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga, balki Tadbirkorlik sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga ham yordam beradi. Yangi loyihalar, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan g‘oyalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikka yo‘l ochadi», – deydi «Invest Konsulting Realty» MChJ bosh direktorining o‘rinbosari, biznes-psixologi Yelena Nevert.

Besh kun davom etadigan festivalning dastlabki kunida Toshkent shahri bo‘ylab sayohat, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati bilan uchrashuv, festivalning rasmiy ochilish marosimi va turli madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi boshlandi (foto)